XAMSANAVISLIK AN’ANASI VA
ALISHER NAVOIY “XAMSA” SI
1. Alisher Navoiy «Xamsa» si yaratilishi arafasida Xuroson ijtimoiy-madaniy muhiti ko‘rinishlari.
2. Alisher Navoiy «Xamsa»si va Sharq xamsachiligi an’analari.
1.
Sharq shoirlari ijodidagi umumiylik, ularning asarlarini yaxlit g‘oyaviy qolipga solib turuvchi xususiyatlardan biri – insonparvarlik, gumanizmdir. Bu g‘oyani ular bir baytda ham, yirik monumental asarlarda ham mahorat bilan ifoda etganlar. Alisher Navoiy:
Odamiy ersang demagil odame
Oniki, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami
deyish bilan Sharq Uyg‘onishi mohiyati haqida teran fikr yuritdi.
Uyg‘onish davri – insonni, shaxsni kashf etdi. Bu davrning ijodiy metodi insonni ulug‘lashdan iborat edi.
Uyg‘onish davri madaniyat va san’at, badiiy adabiyotning barcha sohalariga ta’sir qildi. Zero, renessans – badiiy tafakkur demakdir.