Sab'ai Sayyor

Yetti sayyora dostoni

“SAB’AI SAYYOR” DOSTONINING

TARKIBIY TIZILISHI

10.1. Dostonning tarkibi va asosiy g‘oyalari.

10.2. Doston qurilmasidagi yangicha talqin.

10.3. Romantik hikoyatlarning g’oyaviy-badiiy qimmati.

«Sab’ai sayyor» dostonida Alisher Navoiy «Xamsa»ning avvalgi dostonlarida qo‘ygan savollariga hanuz javob izlaydi. U insonlarning kamolotga, o‘z ideallarining maqsadga erishmaganliklarining birinchi sababi ota-onalarning ularni tushunmaganliklari bo‘lsa, ikkinchi sababi – adolatsiz shohlardir, deydi.

Bahrom qissasiga bag‘ishlangan bu doston o‘zbek tilida, aruzning xafifi musaddas (foilotun mafoilun failun) bahrida yozilgan.

Shoh Bahrom haqidagi qissa tarixiy asosga ega. Chunki Bahrom ibn Yazdijurd-Bahromi Go‘r1 Varaxran V sosoniylar xonadonining vakili bo‘lib, 421-439-yillarda Ajamning podshohi edi. Alisher Navoiy o‘zining «Tarixi muluki Ajam» asarida o‘sha davrdagi tarixchilar dunyoqarashi asosida Bahrom binni Yazdijurd haqida ma’lumot bergan.

Sahifa 1 / 21