ALISHER NAVOIY IJODINING O‘RGANILISHI
Navoiy haqida shoirning o‘z asarlaridagi ma’lumotlar.
Zamondoshlarining asarlarida keltirilgan ma’lumotlar.
XVI–XIX asrlardagi tazkira, lug‘at, tarixiy va badiiy asarlar.
Navoiy ijodining ilmiy mezonlar asosida o‘rganilishi.
Navoiy ijodining G‘arbda o‘rganilishi.
Turkiy xalqlarning “shams ul-millat”i bo‘lgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy jahon adabiyoti xazinasini o‘zining xassos she’riyati, buyuk “Xamsa”si, fan sohalarining turli tarmoqlariga bag‘ishlangan boy ilmiy merosi bilan boyitgan so‘z san’atkoridir. U ijodi davomida 26 mingdan ortiq bayt yaratgan bo‘lib, bu uning besh asrdan oshibdiki asarlaridagi chuqur falsafiy mulohazakorlik, ma’no-mohiyatning keng qamrovliligi va nazmiy merosidagi fasohat dengizining betakrorligi bilan jahon ahli qalbida muqim o‘rin egalladi.