“LISON UT-TAYR” DOSTONI VA
UNDAGI OBRAZLAR TIZIMI
12.1. Dostonning tarkibiy tuzilishi.
12.2. Dostonning goyaviy xususiyatlari.
12.3. Ramziy timsollar tahlili.
1.
«Lison ut-tayr» dostoni Alisher Navoiyning oltmish yoshga qadam qo‘yganida, ya’ni 904-hijriy, 1498-1499 milodiy yillarda yozilgan. Bu haqda shoirning o‘zi dostonning ikki bobida alohida to‘xtalgan:
Oltmishqa umr qo‘yg‘onda qadam,
Qush tilin sharh etgali yo‘ndum qalam.
(189-bob)
Yil to‘qiz yuz o‘tmish erdi dog‘i to‘rt,
Kim ulusning ko‘ngliga soldi bu o‘rt.
Ham bu tarix ichrakim qildim shuro‘‘
Ixtimomiga dog‘i bo‘ldi vuqo‘‘.
(193-bob).
Doston aruzning ramali masaddasi mahzuf bahrida yozilgan:
Er kirar er sonig‘a himmat bila,
Er emas faxr aylagan ziynat bila.
v - - / - v - - / - v –
v - - / - v - - / - v –
foilotun/ foilotun/ foilun.