“LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDA MUALLIF
BADIIY NIYATINING IFODALANISHI
9.1. “Layli va Majnun” qissasi tarixi va sharq epik she’riyatidagi talqinlari. 9.2. Dostonning kompozitsion qurilishi.
9.3. “Layli va Majnun” – eng mahzun ishq qissasi.
1.
Bu doston Alisher Navoiy «Xamsa»sining uchinchi dostoni bo‘lib, 1484 yilda yozilgan. Bu mavzuda Alisher Navoiydan oldin asar yozgan adiblar arablarning Omir qabilasidan bo‘lgan Qays qissasiga asoslanadilar. Bu qissa avvalo arab Shoirlari she’rlarida kuylangan bo‘lsa, keyinchalik «Xamsa»lar tarkibiga kiritiladi. Alisher Navoiy Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf, Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliy yozgan dostonlarini o‘z asarida hurmat bilan tilga oladi. Navoiy bu dostonlardan farq qiluvchi turkiy tilda yangi doston yaratishni niyat qiladi:
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Kim shuhrati chun jahong‘a to‘lg‘ay,
Turk elig‘a dog‘i bahra bo‘lg‘ay.