Ilmiy meros

Tilshunoslik va adabiyotshunoslik

ALISHER NAVOIYNING

ILMIY MEROSI

13.1. “Muhokamatul-lug‘atayn” asarida qiyosiy tilshunoslik masalalari .

13.2. “Mezonul-avzon” - adabiyotshunoslikka doir asar.

13.3. “Majolisun-nafois” asarida davr adabiy muhiti va shaxsiyatlar talqini.

1.

«Muhokamat ul-lug‘atayn» - «Ikki til muhokamasi» deb nomlangan bu asar 905 hijriy yilning jumodiyul avval oyi- 1499-melodiy yilning dekabr oyi oxirlarida chorshanba kuni yozib tugatilgan:

Bu nomaki, yozdi qalamim tortib til,

Tarixin aning jumodiyul-avval bil.

Kunnung raqamini chorshanba qilg‘il,

To‘qqiz yuz yildin o‘tub erdi besh yil.

Sahifa 1 / 41