Hayrat ul-abror

Xamsaning birinchi dostoni

“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONI

7.1. Dostonning tuzulishi va mavzulari.

7.2. Sulton Husayun Boyqaro va Shoh G‘oziy.

7.3. «Hayrat ul-abror»da komil inson tasviri.

1.

«Hayrat ul-abror» («Yaxshilarning hayrati») dostoni 3988 baytdan iborat.

«Hаyrаt ul- аbrоr» - Nаvоiyning fаlsаfiy-tа’limiy qаrаshlаrini ifоdаlаydi. Dоstоn mаsnаviy yo‘lidа yozilgаn bo‘lib, lirik ifоdа bilаn epik tаsvir uyg‘unlаshib kеtаdi.

«Hayrat ul-abror»ning nomlanishi va yozilish yili haqida Alisher Navoiy shunday yozadi:

Hayrati abror ko‘rub zotini,

«Hayrat ul-abror» dedim otini.

Nuktai ta’rixiki, ahsan edi.

Sekkizu sekkiz yuzu seksan edi.

Doston 63 bobdan iborat. Uning asosini 20 maqolat hamda 20 hikoyat va masallar tashkil etadi. 23 bob esa asosiy boblarga xizmat qiluvchi boblar bo‘lib, kirish va yakunlovchi qismlardan iborat.

Dostondagi har bir maqolat 2 qismdan iborat, ya’ni, avval nazariy fikr bildiriladi, keyin hikoyat va tamsillar keltiriladi.

Sahifa 1 / 28