“FARHOD VA SHIRIN” DOSTONINING
TIMSOLLAR OLAMI
8.1. Doston kompozitsiyasi va mavzulari.
8.2. Farhod va Shirin timsollari talqini.
8.3. Dostondagi boshqa obrazlar tasviri.
1.
Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonidagi ideallarini «Farhod va Shirin» dostonida yoritib beradi. Navoiyga qadar turli xalqlarning yozma adabiyotida, xalq og‘zaki ijodida hamda badiiy adabiyotda bu syujetdagi kabi asarlar bor edi. Ammo, Navoiy tamoman yangi mazmun va uslubdagi asar yaratishni niyat qiladi: Doston 1484-yilda an’anaga ko‘ra aruzning hazaji musammani mahzuf (mafoilun mafoilun mafoil) bahrida yozilgan:
Hunarni as/rabon netkum/dur oxir,
Olib tufroq/qamu ketgum/dur oxir.
v - - - /v- - - /v - -
mafoilun/ mafoilun/ mafoil
v - - - /v- - - /v - -
mafoilun/ mafoilun/ mafoil