Diniy va tasavvufiy meros

Tasavvuf falsafasi

ALISHER NAVOIYNING

DINIY-TASAVVUFIY ASARLARI

14.1. “Nasoyimul-muhabbat” – diniy-tasavvufiy nasr namunasi.

14.2. Yodnoma-asarlar – Holotlarda ma’rifiy talqin.

14.3. Tarixiy asarlar – ma’rifiy-xronologik nasr namunasi.

14.4. “Mahbub ul-qulub” – axloqiy-ma’rifiy nasr namunasi.

1.

“Nasoyim ul-muhabbat” asarining to‘liq nomini Alisher Navoiy shunday keltiradi: «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat», ya’ni «Muhabbat shabadalari va do‘stlikning xushbuy hidlari».

Mazkur kitobning yozilish tarixi 901 hijriy – 1496-melodiy yildir. Alisher Navoiy shu asarning kirish qismida uning yozilish sababini bayon qilib, «Nasoyim ul-muhabbat» Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns» asaridan ilhomlanib, uni yanada mukammallashtirib yozilganini uqtiradi.

Sahifa 1 / 107